Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonni barcha mavjud vositalar bilan qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi, deb ta’kidladi elchi Toyvo Klaar. Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi “yaqin kelajakda” Bryusselda, YI-Markaziy Osiyo birinchi sammiti esa 2025-yilda bo‘lib o‘tishi mumkin.
Qozog‘iston prezidenti MO davlatlari rahbarlari uchrashuvida infratuzilma va transport loyihalari iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalari bo‘lishini ta’kidladi. U Transkaspiy yo‘lagi va Transafg‘on temiryo‘lining istiqbollari, suv hisobini raqamlashtirish va uning kosmik monitoringini joriy etish haqida gapirdi.
Mirziyoyev va Toqayev yuk tashishni oshirishga sharoitlar yaratish, avtomobil va temiryo‘llar qurish hamda modernizatsiya qilishni jadallashtirishni muhokama qildi. Transkaspiy yo‘lagi va “Shimol-Janub” koridoridan samarali foydalanish va chegarada yangi o‘tkazish punktlarini ochish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi Investorlar forumida “o‘tmishdagi qaramlikni yengib o‘tish hamda energiya va ta’minot zanjirlarida muqobil variantlarni topish uchun” mintaqalar o‘rtasidagi amaliy aloqalarga ko‘proq sarmoya kiritish kerakligini aytdi.
Yevropa va xalqaro moliya institutlari Yevroittifoq va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi barqaror transport aloqalari uchun 10 mlrd yevro ajratadi. Investitsiyalar Transkaspiy transport yo‘lagini rivojlantirishga yo‘naltiriladi, shunda yuklar u orqali 15 kun ichida o‘tishiga erishiladi.
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo — YeI” yetakchilari sammitida O‘zbekistonda YeI talablari bo‘yicha standartlashtirish laboratoriyalari hali yaratilmagan bo‘lsa-da, GSP+ tartibini uzaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u Transkaspiy yo‘lagini rivojlantirish uchun qulayroq tariflar zarurligini aytdi.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini ta’siri Rossiya bilan yaqin iqtisodiy aloqalarga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo uchun katta ahamiyatga ega, dedi Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayashi MO + Yaponiya vazirlari yig‘ilishida. Tomonlar Transkaspiy yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni chuqur o‘rganishga kelishib oldilar.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting